Gamburg-2017: Shahram yana bir bor qozoq bokschisidan ustun keldi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari davom etmoqda.
Biroz avval Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov (69 kg) final uchun kechgan jangini qozog‘istonlik Ablayxan Jusupovga qarshi o‘tkazdi. Yodingizda bo‘lsa, ushbu bokschilar Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati finalida to‘qnash kelishgan edi.
O‘shanda Shahram hakamlar xulosasiga ko‘ra g‘olib deb topilgan qit’ada tengsiz bo‘lgan edi.
Qozog‘istonlik bokschi uchun o‘ziga xos “revansh” jangiga aylangan bugungi jangda Shahram raqibidan ustun ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Hakamlar uning 4:1 hisobidvgi g‘alabasini qayd etishdi.
Shunday qilib, G‘iyosov ushbu JChda finalga chiqqan to‘rtinchi bokschimiz bo‘ldi. Bunga qadar Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov va Jasurbek Latipovlar final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.
Bizdan uzoqlashmang. Oldinda yana nafar bokschimiz – Bektemir Meliqo‘ziev ringga chiqadi.
Fikrlar