Andijonlik karatechilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkent shahri mezbonlik qilgan karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlarida turli yosh toifasidagi sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqalarda mamlakatimizning turli hududlaridan 1000 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Andijon viloyati vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Faxrli ikkinchi o‘rin Surxondaryo viloyati karatechilariga nasib qilgan bo‘lsa, Toshkent viloyati jamoasi kuchli uchlikka yakun yasagan.

Shuningdek, xalqaro karate federatsiyasi rahbari Antonio Espinoza turnirga faxriy mehmon sifatida yurtimizga tashrif buyurdi va u bilan 2019 yil kattalar o‘rtasidagi karate bo‘yicha Osiyo chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qilishi belgilab olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!