Anvar Boynazarov chempionlik jangida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka jo‘nab ketdi

Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi, 2 karra muay tay bo‘yicha jahon chempioni Anvar Boynazarov (2-2-0, KO1) 1 dekabr kuni Nyu-York shahrida “GLORY” chempionlik kamari uchun ringga chiqadi.

Sportchimiz oktyabr so‘nggida Frantsiyaning Lion shahrida o‘tkazilgan “GLORY 47” turnirida munosib ishtirok etib, chempionlik jangiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Tailandga yo‘l olgan. Qariyb bir oy davomida u Pkuxet shahrida mashg‘ulotlarga zo‘r berdi.

Bugun 28 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘ladigan jangda ishtirok etish uchun okeanortiga jo‘nab ketdi.

Bu uzoq kutilgan jangga ham ruhan, ham jismonan tayyorman. Bo‘lajak jangda g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. O‘zbekiston tarixida birinchi marta haqiqiy professional jahon kamarini qo‘lga kiritmoqchiman, – deydi Boynazarov SPORTS.uz portaliga.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jangda unga amerikalik Kevin van Nostrand (4-1-0, KO2) raqiblik qiladi. Bu sportchi hozirgacha beshta jang o‘tkazib, ulardan bittasi mag‘lubiyatga uchragan va ikkitasini nokaut bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!