Shahobiddin Zoirov va "Uzbek Tigers" vakillari O‘zbekiston chempionati yarim finalida

  • 29.11.2017 15:28
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Termizda davom etayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Kecha o‘tkazilgan chorak final janglaridan so‘ng yarim finalga yo‘l olgan bokschilar aniqlandi.

Uzoq vaqt tanaffusdan so‘ng katta ringga qaytgan Rio-2016 g‘olibi Shahobiddin Zoirov (56 kg) chorak finalda buxorolik Bahodir Baratovga umuman imkoniyat qoldirmadi va haqli ravishda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi u final uchun bo‘ladigan jangda farg‘onalik Mirzabek Mirzahalilov bilan kuch sinashsa, ikkinchi yarim final juftligida “Uzbek Tigers” jamoasi vakillari Abdulhay Shorahmatov (Toshkent) va Abror Qodirov (Farg‘ona) o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!