Nurmagomedov: MakGregorga qarshi jang Rossiyada o‘tqazilsa biz 2-3 mln dollar yo‘qotamiz
UFC engil vazn toifasida chempion Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap, o‘g‘lining Konor MakGregorga qarshi jang Rossiyada bo‘lib o‘tishi ehtimoli borligiga o‘z fikrini bildirdi.
- Agar ushbu bahs Rossiyada bo‘lib o‘tsa pay-per-view (uchrashuvni yoritish) tizimidan biz 2-3 million dollar mablag‘ yo‘qotamiz. Bunday yuqori darajadagi shovni ham Rossiyada sotish katta daromad olib kelmaydi. Biz 2-3 million dollar yo‘qotishni xohlamaymiz, - deya Abdulmanapning so‘zlaridan iqtibos keltiradi R-Sport nashri.
Ma’lumot uchun, UFC prezidenti Deyna Uayt Nurmagomedov – MakGregor qarama-qarshiligi faqatgina Las-Vegasda o‘tqaziladi deb aytib o‘tgan.

Fikrlar