Rasman: “Monako” futbolchisi “Liverpul” a’zosiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Frantsiyaning “Monako” klubida to‘p surgan Fabino o‘z faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradi. Bu haqda mersisaydliklar saytida ma’lum qilindi.

Braziliyalik 24 yoshli futbolchi 1 iyuldan boshlab “Liverpul”da harakat qila boshlaydi. Ungacha himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

The Guardian nashrining xabar berishicha, “Liverpul” Fabinoning transferi uchun “Monako”ga 45 million evro to‘laydi. Agar himoyachi yaxshi o‘ynab ketsa yana 5 million evro bonus sifatida oladi.

Ma’lumot uchun, Fabino 2013 yildan buyon “Monako”da to‘p surib kelayotgan edi. Joriy mavsumda futbolchi Frantsiya chempionatining 34 o‘yinida maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!