Ahmedovning jamoasi kubokdagi zafarli yurishini davom ettirmoqda (+video)
Bugun Xitoyda mamlakat kubogi bahslarining 5-bosqich o‘yinlari davom ettirildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” klubi o‘z maydonida “Beyjing Renxe” klubini qabul qildi.
Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi va g‘olib nomini aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi. “Futbol lotoreyasi”da esa shanxayliklar 4:3 hisobida zafar quchishdi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Quyida ushbu o‘yin vidersharhini tomosha qilish imkoniga egasiz.
Hamyurtimiz ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Endi Vitor Perreyra shogirdlari chorak finalda “Beyjing Guoan” jamoasi bilan bahs olib boradi.
Xitoy kubogi. 5-bosqich
“Shanxay SIPG” – “Beyjing Renxe” 0:0
Penaltilar seriyasi – 4:3.
Manba: SPORTS.uz

Fikrlar