Aleksandr Geynrixga ish topildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix Qozog‘istonning “Aktobe” klubi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Kazfootball.kz sayti xabar bermoqda.

Geynrix futbolchilik faoliyatini Toshkent viloyitining “Do‘stlik” jamoasida boshlagan. Keyinchalik “Paxtakor”, TsSKA (Rossiya), “Torpedo” (Rossiya), “Suvon Samsung Blyuvings” (Janubiy Koreya), “Emireyts” (BAA), “Lokomotiv” (Toshkent), “Ordabasi” (Qozog‘iston) va “Aktobe” (Qozog‘iston) jamoalarida to‘p surgan.

O‘zbekiston terma jamoasi safida 98 o‘yinda ishtirok  etib, 31 ta gol kiritgan.

Geynrix yil avvalida futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng u “Aktobe”da selektsioner-murabbiy ishlayotgan edi. Endi esa u jamoa boshlig‘i sifatida ish boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!