
Edin Jeko — “Roma” – “Barselona” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi
“Roma” jamoasi hujumchisi Edin Jeko UEFA talqiniga ko‘ra “Barselona”ga qarshi (3:0) kechgan EChL chorak final javob o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bosniyalik 32 yoshli futbolchi kataloniyaliklar darvozasiga kiritilgan 3 ta goldan biriga mualliflik qildi. Shuningdek, hujumchi o‘z jamoasi foydasiga penalti ishlab berdi va De Rossi uni aniq amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki uchrashuvda “Barselona” 4:1 hisobida zafar quchgandi. Ammo zafarda urilgan gol evaziga rimliklar EChL yarim finaliga chiqishdi.
Fikrlar