
Evropa Ligasi. "Arsenal" o‘z uyida TsSKAni yanchib tashladi
Evropa Ligasi chorak final ilk bahsida "Arsenal" jamoasi o‘z maydonida TsSKA futbolchilarini qabul qildi.
Londondagi "Emireyts" stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda maydon egalari 4:1 hisobida zafar quchdi. Aaron Remzi va Aleksandr Lyakazettning dubllari "to‘pchilar"ga javob o‘yini oldidan katta ustunlik taqdim qildi.
Arsenal Angliya – TsSKA Rossiya 4:1 (4:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 9 Remzi, 1:1 – 15 Golovin, 2:1 – 23, penalti Lyakazett, 3:1 – 28 Remzi, 4:1 – 35 Lyakazett.
Arsenal – Chex, Belerin, Mustafi, Koselni, Monreal, Remzi, Djaka, Ozil, Uilsher (El-Nenni, 74), Mxitaryan (Ivobi, 61), Lyakazett (Uelbek, 74).
TsSKA – Akinfeev, Berezutskiy, Ignashevich, Berezutskiy, Kuchaev, Natxo (Milanov, 74), Golovin, Щennikov, Dzagoev (Vitino, 65), Musa (Xosonov, 83), Vernblum.
Ogohlantirishlar: Dzagoev (31), Musa (51), Djaka (57), Щennikov (58), Akinfeev (74), Belerin (78).
Fikrlar