Evropa Ligasi. "Atletiko" qiyinchiliksiz "Sporting"ni mag‘lub qildi

  • 6 aprel, 2018, 08:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Evropa Ligasi chorak final dastlabki bellashuvida Madridning "Atletiko" klubi o‘z maydonida "Sporting" futbolchilari bilan bahs olib bordi. 

Murosasiz va qiziqarli kechgan o‘yinda madridliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Koke va Grizmann o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. 

Atletiko (Ispaniya) – Sporting (Portugaliya) 2:0 (2:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 1 Koke, 2:0 – 40 Grizmann.

Atletiko – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Lyuka Ernandes, Korrea (Gameyro, 53), Gabi, Saul, Koke, Diego Kosta (Parti, 87), Grizmann (Vitolo, 90).

Sporting – Ruy Patrisiu, Pichchini, Koates, Mate, Koentrau (Ruben Ribeyru, 80), Battalya, Vilyam Karvalyu (Akunya, 45), Jelson Martinsh, Fernandesh (Montero, 87), Ruis, Dost.

Ogohlantirishlar: Saul (25), Koentrau (56), Pichchini (57), Savich (63), Dost (72), Koke (81).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!