
"Milan" "Yuventus" bilan futbolchi almashmoqchi
"Milan" klubi sardori Leonardo Bonuchchi "Yuventus"ga qaytishni rejalashtirmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, 31 yoshli himoyachi qishgi transferlar mavsumida "rossonerlar" safini tark etib "Yuve"ga qaytishni xohlagan.
Eslatib o‘tish joizki, Bonuchchi va turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘rtasidagi kelishmovchiliklar hal qilingan.
Avvalroq xabar berganimizdek, "Milan" "Yuve" xujumchisi Gonsalo Iguainga qiziqish bildirmoqda. Shu tariqa, argentiniyalikning ko‘chib o‘tish shartnomasiga Bonuchchining transferi ham kiritilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, "rossonerlar" o‘tgan mavsum Leonardoni 42 million evro evaziga qo‘lga kiritgan.
Fikrlar