
Muhammad Salahning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida aytildi
“Liverpul” klubi va Avstraliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Garri Kyuell mersisaydliklarning hujumchisi Muhammad Salahning “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Salah fenomenal mavsumni o‘tkazmoqda. Odamlar uni mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Menimcha u bundan ko‘piga erisha oladi.
Agar u JChda bir nechta gol urib, hozirgi o‘yinini Rossiyada ham namoyish eta olsa, necha u “Oltin to‘p”ni yuta olmasligi kerak? Menimcha Muhammad yuqoridagilarni bajara olsa, bosh sovringa erishadi”, – dedi Kyuell.
Fikrlar