
“Nasaf” Dubayda mashg‘ulot o‘tkazdi
“Nasaf” futbolchilari OChL-2018 so‘nggi tur uchrashuvini BAAning "Al-Vasl" klubiga qarshi o‘tkazadi. Jamoa kecha Dubay shahriga ketib keldi va kechki payt mashg‘ulot o‘tkazdi.
Mashg‘ulotda quyidagi futbolchilar ishtirok etishdi: Sanjar Quvvatov, Umidjon Ergashev, Maqsud Karimov, G‘olib G‘aybullaev, Azizjon G‘aniev, Odiljon Hamrobekov, Doniyorjon Narzullaev, Jahongir Aliev, Igor Golban, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Islom Kenjaboev, Islom Rashidxonov, Bobir Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Jasur Hasanov, Akmal Mozgovoy.
Eslatib o‘tamiz, OChL-2018 “S”guruhi 6-tur doirasidagi “Al-Vasl” – “Nasaf” uchrashuvi 16 aprel dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar