Rasman! O‘zbek hujumchisi Premer-liga klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 11 fevral, 2018, 20:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni “Buxoro” klubi tarkibida o‘tkazgan Ivan Nagaev faoliyatini Qozog‘istonPremer-ligasida ishtirok etadigan “Ordabasi” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Kelishuvga qancha muddatga mo‘ljallanganligi e’lon qilinmadi.

Tecno

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Nagaev o‘tgan mavsum Oliy ligada 29 bahsda maydonga tushib, 9 ta gol kiritishga erishdi.

Umuman Nagaev shu vaqtga qadar Oliy ligada 143 o‘yinda ishtirok etgan va 50 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Eslatib o‘tamiz, Nagaev 2015 yil yarim mavsum Quvaytning “Al Qodisiya” klubi safida to‘p surgan va o‘shanda 6 o‘yinda 2 ta gol kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!