
Shaqirining so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli Shveytsariyaga muhim g‘alabani taqdim etdi
Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan JCh-2018 turnirida “E” guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
Dastlab, Braziliya terma jamoasi Kosta-Rika termasini so‘nggi daqiqalarda Filippo Koutino va Neymarning gollari evaziga g‘alabani ilib ketgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda Serbiya termasni Shveytsariya bilan kuch sinashdi.
Mazkur bahsning 5-daqiqasida Mitrovich serblarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Jaka 52-daqiqada muvozanatni tikladi. 90-daqiqada esa Shaqiri jamoasining g‘alaba to‘piga mualliflik qildi.
JCh-2018, “E” guruhi
22.06.2018
Serbiya – Shveytsariya – 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: Mitrovich 5 – Jaka 52, Shaqiri 90.
Serbiya: Stoykovich, Ivanovich, Milenkovich, Toshich, Kolarov, Milivoevich (Radonich, 81), Matich, Tadich, Milinkovich-Savich, Kostich (Lyayich, 65), Mitrovich.
Shveytsariya: Zommer, Lixtshtayner, Sher, Akanji, Rodriges, Behrami, Jaka, Shaqiri, Jemaili (Embolo 73), Tsuber (Drmich 90), Seferovich (Gavranovich 46).
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Milivoevich (39), Matich (45), Mitrovich (87), Shaqiri (90).
Ushbu guruhda ikkinchi turdan so‘ng Braziliya va Shveytsariya termalari 4 tadan ochko jamg‘arib, birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band etib turishibdi. Serbiyada 3 ochko bo‘lsa, Kosta-Rikada birorta ochko yo‘q va turnirni tark etgan jamoalar qatoridan o‘rin oldi.
Fikrlar