
Dzyudochilarimiz Tbilisiga yo‘l olishdi
Ushbu hafta oxirida dzyudo muxlislarining nigohi Gruziyada o‘tkaziladigan navbatdagi Gran-pri musobaqasiga qaratiladi. Dunyoning turli mamlakatlaridan keladigan mahoratli sportchilar qatorida vakillarimiz ham medallar uchun kurash olib boradilar.
Bugun erta tongda Mirali Sharipov qo‘l ostidagi polvonlarimiz Tbilisi safariga yo‘l olishdi. Terma jamoa murabbiylari ushbu musobaqada Doniyor Sultonboev (-60 kg), Shahram Ahadov (-66 kg), G‘iyosjon Boboev (-73 kg), Sharofiddin Boltaboev (-81 kg) hamda Shermuhammad Jandreevni (-90 kg) tanlab olishgan. Musobaqa 30-31 mart, 1 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar