Sharofiddin Lutfullaev finalda!

  • 10 fevral, 2018, 19:15
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun Frantsiya poytaxtida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu kun hamyurtlarimiz uchun omadli yakunlanadigan bo‘ldi.

Tecno

-60 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan vakilimiz Sharofiddin Lutfullaev musobaqaning finaliga yo‘l oldi. Dastlab koreyalik Xarim Lini mag‘lub etgan Sharofiddin keyingi davrada mezbonlarning kuchli polvonlaridan biri Sedrik Revolni mag‘lub etdi. Yarim finalda braziliyalik Felipe Pelm ham  dog‘da qoldirilgach, final eshigi ochildi. Yurtdoshimiz oltin medal medal uchun kechadigan bellashuvda yaponiyalik Toru Shishime bilan ro‘baro keladi.

Shuningdek, bugun kurash olib borgan boshqa yurtdoshlarimiz Sardor Nurullaev (-66 kg) va Hikmatilla To‘raev (-73 kg) birinchi raqiblarini mag‘lub etishgan bo‘lsa-da, keyingi davrada musobaqa bilan xayrlashishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!