Mahmud Muradov navbatdagi jangini ham Chexiyada o‘tkazadi

CHERY AUTO

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Muradov (15-6, KO9) o‘zining navbatdagi jangini ko‘pchilik kutgandek Bellator’da emas, balki Chexiyada o‘tkazadi. Jang 28 iyun kuni Pragada joylashgan eng katta arenada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tecno

Bundan oldingi jang ham Pragada tashkil etilib, hamyurtimiz 41 yoshli Ervaldo de Oliveyrani (35-22-0) ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Bundan oldin XFN (X Fight Nights) turniri doirasida o‘tgan jangdan so‘ng o‘zimni yaxshi his qilyapman. Boldir suyagimda biroz og‘riq bo‘lsada, unchalik jiddiy emas. Navbatdagi jangni Chexiyadagi eng yirik “O2 Arena”da bo‘lib o‘tadi. Ushbu jangda David Ramires bilan uchrashishni va revansh olishni istardim, biroq u ikki marta men bilan jang qilishdan bosh tortdi, – deydi Mahmud Muradov Sports.uz internet portaliga.

Hozirda Las-Vegasda mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Shu kunlarda Floyd Meyvezer Los-Anjelesga keladi. Biz u bilan ko‘rishib, rejalarni muhokama qilamiz. Uning so‘zlariga ko‘ra, men UFCda jang qilaman, biroq shartnoma bo‘yicha hozircha hech narsa deyishganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov 2016 yil dekabr oyida jarohati bilan braziliyalik David Ramiresga qarshi ringga chiqqan va mag‘lub bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun: Mahmud Muradov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!