Bugun Mahmud Murodovning XFN turniridagi so‘nggi jangini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aralash jang san’talari ustasi Mahmud Muradov (13-6, KO6) o‘zining navbatdagi jangini bugun tunda Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkazadi.

Mazkur jangda hamyurtimiz braziliyalik Ervaldo de Oliveyra (35-22-0) bilan kuch sinashadi. 41 yoshli bu sportchi shu vaqtgacha jami 57 ta professional jang o‘tkazib, ulardan 35 tasida zafar quchgan bo‘lsa, 22 tasida imkoniyatni boy bergan. So‘nggi o‘tkazilgan 5 ta jangining uchtasida raqiblarini mag‘lub qilgan.

E’tiborlisi, jang O‘zbekistonda "Sevimli" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Jang bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:10da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov hozirda World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!