Dunyo tennischilari Andijonda jam bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Andijonda 28 maydan 3 iyunga qadar Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF musobaqalar taqvimidan joy olgan erkaklar va ayollar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkaziladi.

Dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan yuzdan ortiq tennischilar mazkur musobaqada o‘zaro raqobatlashadi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli turnirning sovrin jamg‘armasi 25.000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bir necha kundan so‘ng mazkur musobaqada qatnashadigan tennischilar ro‘yzati aniq bo‘ladi va qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!