Simona Xalep: Uchinchisi halol bo‘ladi
Ruminiyalik Simona Xalep Avstraliya ochiq chempionatining yarim finalida germaniyalik Anjelik Kerberni uch setda mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Simona professional faoliyatidagi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarda uchinchi bora finalga chiqdi. U bunga qadar “French Open” turnirining 2014 yilgi bahslarida Mariya Sharapovaga finalda yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, 2017 yilda Elene Ostapenkog imkoniyatni boy bergan.
Bu safar u “Australian Open – 2018” turnirining finalida daniyalik Karolin Voznyatskiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar