
Vinus Uilyamsi o‘zining 1000 uchrashuvini o‘tkazdi
Amerikalik Vinus Uilyamsi professional tennisda 1000-o‘yinida, “Federatsiyalar kubogi” musobaqasining Gollandiya va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda Aranta Rusga qarshi kortga chiqib, g‘alaba qozondi.
Vinus tennis musobaqalaridagi faoliyati davomida jami 776 g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 224 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
Dunyoda hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan ayol tennischilar ichida faqatgina Alberta Brianti (1005 o‘yin), Elena Yankovich (1014 o‘yin), Patti Shnider (1065 o‘yin) va Francheska Skyavone (1081 o‘yin) bu marrani bosib o‘tgan.
Fikrlar