«Barselona» «Guanjou Evergrand» futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
«Barselona»ning yangi murabbiyi Erneste Valverde Xitoyning «Guanjou Evergrand» jamoasi yarim himoyachisi Paulinoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ispan klubi Xitoy jamoasi rahbariyati bilan bu borada muzokara o‘tkazgani aytilmoqda.
Braziliyalik futbolchi 2013 yildayoq «Barselona»ga o‘tishi mumkin edi. Biroq ispan klubi biroz kechgan qolgan va natijada Paulino «Tottenxem»ga o‘tgan edi. Paulino 2015 yildan buyon Xitoyda faoliyat yuritib kelmoqda.

Fikrlar