
«Mash’al» Tojikiston chempioni bilan durang o‘ynadi
Kecha Toshkent shahrida yig‘inni davom ettirayotgan Muborakning «Mash’al» jamoasi o‘zining navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qo‘shni yurt futbolida etakchilik qilib kelayotgan Dushanbening «Istiqlol» jamoasi «gazchi»larga qarshi o‘zining jangovor tarkibi bilan harakat qildi. Dastlab birinchi bo‘lib hisobni ochgan raqiblar himoyaviy o‘yin ko‘rsatishga harakat qilishdi. Ammo o‘z tarkibida bir qator yosh va tajribali bo‘lgan futbolchilarni jamlagan «Mash’al» yakunda hisobni tenglashtirdi.
Mehmonlar vakili M. Jalilovning 9-daqiqada kiritgan to‘piga "Mash’al"dan, Nikita Pavlenko 60-daqiqada javob qaytardi va tomonlar murosa yo‘lini tanlashdi. "Mash’al"dan Sardor Raxmonov ikki bor penaltini noaniq bajargan bo‘lsa, hujumda tinim bilmagan muborakliklar ham yuzaga kelgan vaziyatlarni ijobiy yakunlay bilishmadi. Shu tariqa «Mash’al» ikkinchi nazorat bahsida durang natijani qayd etdi.
Nazoroat bahsi
"Mash’al" - “Istiqlol” 1-1
Gollar: M. Jalilov (9), Nikita Pavlenko (60)
"Mash’al": Javohir Ilyosov, Abbos Shodmonov, Raxmonov Sardor, Avaz Agaliev, Asil Begimqulov, Mirzakamol Kamolov, Vladislav Pavlenko, Shahzod Shaymanov, Abdulloh Olimov, Humoyun Murtazoev, Kenja To‘raev.
Zaxira: Raximjon Davronov, Nikita Pavlenko, Zafar To‘raev, Igor Tymanyuk, Umidjon Matmusaev, Iskandar Shoyqulov, Jonibek Mirzaqulov, Siroj Meliev, Zoxir Qo‘ziboev.
Fikrlar