«Neftchi» keyingi yilgi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi

  • 18 dekabr, 2016, 14:28
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi keyingi yilgi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi.

Klub matbuot xizmatining SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishicha, «Neftchi» jamoasi to‘liq tarkib bilan Qirgulidagi o‘quv-mashg‘ulot bazasida keyingi mavsum uchun tayyorgarlik olib bormoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Rossiya safarida bo‘lganligi sababli, mavsum oldi tayyorgarlik jarayoniga jamoa yordamchi murabbiyi Murodjon Ismoilov boshchilik qilmoqda.

Bosh murabbiy xorijiy safardan qaytgach, jamoaning kelajakdagi rejalari, kelasi yilgi jamoa tarkibi hamda legionerlar masalalari yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!