"Zenit" O‘zbekiston chempioni bilan o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi 11 yanvardan Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
 
"Zenit" klubi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ushbu jamoa yig‘in davomida qator o‘rtoqlik uchrashuvilarini o‘tkazadi. Xususan, "Zenit" futbolchilari 20 yanvar kuni Dubayda O‘zbekiston chempioni - "Lokomotiv" jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
 
Ungacha, sankt-peterburglik futbolchilar Germaniyaning "Ayntraxt" va Vengriyaning "Videoton" klublariga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!