Amerikalik tennischi qiz hammani hayratga solmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
Amerikalik Loren Devis Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirida mashhur hamyurti Serena Uilyams qilolmagan ishni amalga oshirdi.
 
Turnirda birinchi raqamda saralangan va bosh sovringa a’sosiy da’vogar deb tan olingan Serena ikkinchi davradayoq musobaqadan chiqib ketdi. Lekin Loren Devis gollandiyalik Kiki Bertensni 7:6, 6:4 yaponiyalik Kurumi Narani 6:3, 6:3, chexiyalik Barbora Stritsovani 6:1, 7:6, Elena Ostapenkoni 4:6, 6:4, 4:1 (rad) hisobida engib finalga chiqdi.
 
Loren Devis final uchrashuvida Xorvatiya vakilasi Ana Konyux bilan raqobatlashadi. Ana finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda Kirsten Flipkensni (Belgiya) 6:4, 3:6, 6:3, Yanina Vikmayerni (Belgiya) 6:1, 6:2, Naomi Osakani (Yaponiya) 3:0 (rad), Yuliya Gyorgesni (Germaniya) 6:3, 4:6, 6:3 hisobida engdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!