“Bunyodkor” BAAga etib bordi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 2017 yilgi ilk xorijiy yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga yo‘l olgandi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, “qaldirg‘ochlar” Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahriga jo‘nab ketishdi. U erdagi yig‘in 7-21 yanvar kunlariga mo‘ljallangan. Bunyodkorchilar ikki haftalik tayyorgarliklar mobaynida Sharja shahridagi "Radisson blue" mehmonxonasida istiqomat qilishadi.

BAAdagi yig‘in jarayonida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar