
FOTO: Messi afsonaviy Gerd Myullerga tenglashib oldi
“Barselona” jamoasi La Liga 15-turida “Vilyarreal” bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida zafar quchgani haqida xabar berilgandi.
Mazkur o‘yinda Lionel Messi ikkinchi golga mualliflki qilib, yana bir tarixiy natijani qayd etdi.
Argentinalik super yulduz Evropa Top-5 chempionatlarida urilgan gollar soni bo‘yicha afsonaviy Gerd Myullerga tenglashib oldi. Har ikki futbolchi hisobida 525 tadan gol mavjud.
Lionel Messining chempionat doirasidagi keyingi goli yangi rekord sifatida qayd etiladi.
Fikrlar