
Mansur (Mangust) To‘g‘izboev “WEF44 GLOBAL 10”da hakamlik qiladi
22 noyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida joylashgan “Kojomkul” sport saroyida “WEF44 GLOBAL 10 Buyuk ipak yo‘lining jangchilari” xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Unda “WEF GLOBAL” tashkilotining eng kuchli sportchilari bahslashadi. Shuningdek, musobaqada uchta chempionlik kamari uchun janglar bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqaning halol va adolatli o‘tkazish maqsadida tashkilotchilar MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust)To‘g‘izboevni hakam sifatida janglarda ishlash uchun taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mansur (Mangust) To‘g‘izboev bunga qadar WEF musobaqalarida va poytaxtimizda o‘tgan “Asian fight – 2017” turnirida bir necha bor hakam sifatida ishlagan.
Fikrlar