Ro‘ziqul Berdiev: Akmal Shorahmedov bizga to‘g‘ri keladigan haqiqiy professional ekanligini isbotladi

  • 31 yanvar, 2017, 18:29
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Bugun Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida OChL-2017 o‘tish o‘yinidan o‘rni olgan “Nasaf” – “Al Hidd” qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar 4:0 hisobida zafar quchib musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi.

Bellashuvdan so‘ng “ajdarlar” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Barcha muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, futbolchilarimda ozgina hayajon sezilib turdi. Lekin asosiysi “Nasaf” g‘alaba qozondi.

"Al Hidd"ga biz tezkor ikkita gol urganimiz ularga salbiy tasir qildi. Bu esa ularga kutilmagan holat bo‘lgan. Shuning evaziga biz g‘alaba qozondik.

Ko‘rib turganingizdek, biz yoshlaga ham imkoniyat bermoqdamiz. Qolaversa, kecha aytib o‘tganimdek balki, legioner olarmiz. Agar buni uddalay olmasak shu tarkib bilan o‘ynashda davom etamiz. Biz yoshlarga ishonamiz. 

"Nasaf" keyingi o‘yinda "Al Fatex" bilan bo‘ladi. Bu jamoani qanchalik o‘rganmoqdasiz?

- Bu jamoa ham o‘ziga yarasha kuchli. "Al Fatex"ning hozirgi natijalari yomon bo‘lishi mumkin. Lekin bu biz uchun qandaydir oson bo‘lishi mumkin degani emas.

Cheranning bugun boshqa pozitsiyada o‘ynashining sababi nima edi?

- Cheranni bugun boshqa chiziqda o‘ynashi taktika bilan bog‘liq. Uning paslari ko‘raningizdek juda ham yaxshi. Oldinda esa Shahboz Erkinovga imkoniyat berdik.

Akmal Shorahmedov jamoaga tez kirishib ketishining sababi nima? Jamoaning navbatdagi rejasi qanday?

- Biz 1 haftadan so‘ng yana o‘yin o‘tkazamiz. Shuning uchun rahbariyat bilan maslahatlashamiz. Qisqa muddat ichida balki, qaerdadir yig‘in o‘tkazarmiz. 

Shorahmedov esa Muhammadiev o‘rnini bilintirmadi. Akmal bizning ishonchimizi 100% oqladi. U biz uchun to‘g‘ri keladigan haqiqiy professional ekanligini isbotladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!