
"Sautgempton" sardori jamoasidan voz kechdi
"Sautgempton" sardori Joze Fonte faoliyatini "Everton"da davom ettirishga juda yaqin turibdi. 33 yoshli futbolchi klub rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni talab qildi.
Tajribali portugaliyalik futbolchining bu qarori bir qator klublarni qiziqtirib qo‘ydi. Xususan, "Everton" Fonte uchun 12 million funtdan voz kechishga tayyorligini bildirgan.

Olti yildan buyon "Sautgempton" sharafini himoya qilib kelayotgan Joze Fonte joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar