
“Sevilya” ustozi Ronalduning muammosini oshkor qildi
Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” etakchisi Lionel Messi o‘rtasidagi raqobat borasida to‘xtalib o‘tdi.
“Ronaldu shubhasiz buyuk futbolchi. U raqib jarima maydonida namoyish qiladian o‘yinlari odamni hayratda qoldiradi. Lekin uning muammosi bor. Krishtianu faoliyatining cho‘qqisi futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi – Messi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qoldi”, – dedi argentinalik mutaxassis.
“Messi bilan ishlash mening orzuim. Bir kun kelib Argentina terma jamoasini boshqarishni istayman, ammo bu hozircha amalga oshmagan”, – deya qo‘shimcha qildi Sampaoli.
Fikrlar