
Xorxe Sampaoli: Orzuim – Messini shug‘ullantirish
Ispaniyaning “Sevilya” klubi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli “Barselona” hujumchisi Lionel Messini shug‘ullantirish ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda Diaraio Ole xabar bermoqda.
- Messi bilan ishlashni, har kuni uni maydon chetidan kuzatishni orzu qilaman. Uning jismoniy holati juda ham zo‘r. Kim ham uni shug‘ullantirishni istamaydi deysiz. Agar etakchi futbolchiga baxtiyor bo‘lishi uchun yordamlashsangiz, muvaffaqiyat qozonishingiz ehtimoli 95% bo‘ladi. Agar Leo juda yaxshi o‘ynasa, jamoa yutqazmaydi, - deydi Sampaoli.
Eslatib o‘tamiz, Xorxe Sampaoli kataloniyaliklar boshqaruviga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.
Fikrlar