Osiyo o‘yinlari: Hasanboy Do‘smatov Osiyo o‘yinlari g‘olibi!

  • 5 oktabr, 2023, 16:58
  • 0
  • Boks

Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslari hal qiluvchi pallaga etib keldi. Bir necha kun davom etgan bahslardan so‘ng, va nihoyat final janglari ham boshlandi. Ma’lumki, final ostonasiga uch nafar vakilimiz etib keldi. Ularning dastlabkisida -51 kgda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan, Hasanboy Do‘smatov tailandlik Titsian Panmot bilan Osiyo o‘yinlari g‘olibligi uchun bahs yuritdi. Qizg‘in o‘tgan to‘qnashuvda Do‘smatov raqibi ustidan ishonchli 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Navbatdagi oltin!
Oldinda Abdumalik Halakov va Bahodir Jalolovning janglari kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!