O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Iordaniyani mag‘lub etdi

  • 16 sentabr, 2019, 01:52
  • 0
  • Futbol

Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni kunlarda Iordaniyada yig‘in o‘tkazmoqda. Yig‘in doirasida Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 marta bahs yuritilishi ko‘zda tutilgan. Bugun dastlabki o‘rtoqlik o‘yini tashkil etildi. Unda Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdilari 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi.

Iordaniya U19 – O‘zbekiston U19 0:2

Gollar: Ulug‘bek Xoshimov, Mirjalol Mirzaev.

O‘zbekiston U19: Asadbek Polvonov, Saidazamat Mirsaidov, Alibek Davronov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Sunnatilla Hamidjonov, Jasur Jaloliddinov, Ibrohim Ibragimov, Diyor Rahimqulov, Xojimat Erkinov, Ulug‘bek Xoshimov, Ruslan Roziev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mo‘minmirzo Qodirov, Xurshid Ubaydullaev, Behzod Shamsiev, Mironshox Sattorov, Mirjalol Mirzaev, Muzaffar Olimjonov, Doston Tursunov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Eldor Begimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!