O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in boshladi

  • 9 iyul, 2019, 09:57
  • 0
  • Futbol

Joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in boshladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi kecha Toshkentda yig‘inga kirishdi. Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 18 iyul sanasiga qadar davom etadi. Bosh murabbiy terma jamoa o‘zagini shakllantirish va terma jamoaga nomzod futbolchilar harakatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu yig‘inga jami 30 nafar futbolchi chaqirishga qaror qildi. Yig‘in mobaynida 3 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. 























Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!