Xanchjou-2022: Bokschilarimizga Parij-2024 yo‘llanmalarini taqdim qilishi kutilayotgan “Hangzhou Gymnasium” arenasi (video)

Bo‘lajak Osiyo o‘yinlarida ko‘plab muxlislarning nigohi boks bellashuvlariga qaratilishi shubhasiz.

Boisi, unda hamyurtlarimiz nafaqat musobaqa medallari, balki Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyalari uchun ham jang qilishadi. Mazkur janglarga “Hangzhou Gymnasium” arenasi mezbonlik qiladi.

Ushbu ob’ekt 1966 yil qurilgan bo‘lib, 5136 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Arenada “Zhejiang Lions” basketbol klubi Xitoy chempionatidagi uy uchrashuvlarini o‘tkazadi. Osiyo o‘yinlari vaqtida bokschilarning mashg‘ulot zali ham aynan ushbu inshoot ichida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!