16 dekabr kuni barcha viloyatlarda dzyudo bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi

  • 13 dekabr, 2017, 17:47
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan 2018 yilning 16-19 yanvar kunlari 2001-2002 yillarda tug‘ilgan o‘smir va qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkaziladi.

Samarqand shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatidan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda o‘smirlar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan dzyudoni yanada ommalashtirish, yosh iste’dodlarni saralab, terma jamoa safiga qo‘shishdir.

Chempionatni yuqori saviyada mahoratli yosh sportchilar o‘rtasida o‘tkazish uchun joriy yilning 16 dekabr kuni mamlakatimizning barcha viloyatlarida mazkur sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkaziladi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!