2023 yilda eng ko‘p golni kim urdi

  • 27 noyabr, 2023, 21:32
  • 0
  • Futbol

Yil yakuniga yaqinlashgan sari jahon futbolidagi to‘purarlar tobora ko‘proq gol urishga harakat qilmoqda.

Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, yil boshidan beri eng ko‘p to‘p kiritgan hujumchilar orasida birinchi o‘ringa “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn ko‘tarilib oldi.

Bundesliganing navbatdagi turida “Kyoln” darvozasini ishg‘ol qilgan qilgan 30 yoshli forvard bu yil hisobidan 49-golini nishonladi.

Uning raqobatchilari ham bo‘sh kelayotgani yo‘q. Keynning ta’qib qilib kelayotgan Erling Xoland va Krishtianu Ronaldu hisobida 48 tadan gol bor.

Ularning ortida joylashgan Kilian Mbappe ham yil yakunlangunga qadar 47 ta gol iborat ko‘rsatkichini yaxshilab olishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!