2026 yilgi Jahon chempionatining rasmiy logotipi va shiori e’lon qilindi (foto)

  • 18 may, 2023, 15:46
  • 0
  • Futbol

FIFA 2026 yilgi jahon chempionatining rasmiy logotipini ommaga tanishtirdi. Emblemada jahon chempionati va turnir yili tasvirlari mavjud.

Shuningdek, mezbon shaharlar uchun 16 ta alohida logotip ishlab chiqilgan. Musobaqa rasmiy shiori "We are 26" ("Biz 26") ekani qayd etildi. 

Taqdimot Los-Anjelesdagi maxsus tadbirda bo‘lib o‘tdi. Unda FIFA prezidenti Janni Infantino va Braziliya terma jamoasi afsonasi Ronaldo ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. 

fifa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!