25 yoshgacha bo‘lgan eng ko‘p maosh oluvchi besh nafar sportchilar reytingi e’lon qilindi (foto)

  • 17 may, 2023, 17:04
  • 0
  • Futbol

"Forbes" jurnali dunyoning 25 yoshgacha bo‘lgan eng ko‘p maosh oluvchi besh nafar sportchilar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatni “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe boshqarib turibdi, u yiliga 110 million evro maosh oladi. NFLning "Arizona Kardinalz" futbolchisi Kayler Myurrey 64 million evro bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kuchli uchlikdan “Formula-1”ning ikki karra g‘olibi Maks Ferstappen (58 million) joylashdi. Keyingi o‘rinlarda futbol bo‘yicha "Manchester Siti" klubi hujumchisi Erling Xoland (47 million) va NBA basketbolchisi Luka Donchich (42 million)ni ko‘rish mumkin.

mbap

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!