50:0. Zamonaviy futbolda Evropa tomonlarda ana shunday natija qayd etildi (foto)

Belarus futboli tarixida eng yirik hisob qayd etildi. Milliy chempionatning uchinchi divizionida “Miori” jamoasi “Rossona” ustidan 50:0 hisobida zafar quchdi.

“Miori” futbolchilari birinchi bo‘limda raqib darvozasiga 24 ta, ikkinchisida 26 ta to‘p kiritdi.

Mutaxassislar zamonaviy futbolga yarashmaydigan bu qadar katta hisobning qayd etilishini Belarus futbol federatsiyasi hamda mamlakat sport va turizm vazirligi o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli kelib chiqqanini ta’kidlamoqda.

Ikkinchi liga Belarus sport va turizm vazirligi shafe’ligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa formati juda ko‘p jamoalarni qamrab olgan. Vazirlik musobaqada qatnashayotgan 130 ta jamoa sonini yana oshirishini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!