
A Seriya. “Roma” o‘z maydonida “Fiorentina”ni yanchib tashladi (Video)
Italiya chempionati 23-turida “Roma” jamoasi “Fiorentina” futbolchilari bilan o‘z maydonida kurash olib bordi.
Ushbu o‘yinda rimliklar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Edin Jeko 38 va 83-daqiqalardagi gollari evaziga dubl qayd etdi.
Fasio va Kevin Strootman esa “Roma”ning yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shishdi. Navbatdagi muvaffaqiyatdan keyin rimliklar turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa qaytishdi.
Roma – Fiorentina 4:0
Gollar: Jeko, 39, 83, Fasio, 58, Strootman, 75
Roma: Shchesni – Manolas, Fasio, Ryudiger – Peres, De Rossi (Paredes, 85), Strootman, Emerson – Nainggolan (Grene, 89), El Shaaravi (Totti, 80) – Djeko
Fiorentina: Teterushanu – Sanches, Rodriges, Astori – Keza (Kristoforo, 78), Vesino, Badel, Olivera (Ilichich, 63) – Borxa Valero, Bernardeski – Babakar
Ogohlantirishlar: Strootman, De Rossi – Sanches, Valero, Rodriges
Fikrlar