
A Seriya. "Roma" o‘z maydonida "Yuventus"ga hech qanday imkon qoldirmadi
Bugun tongda Rimdagi "Olimpiko" stadionida Italiya A Seriyasining 36-turidan o‘rin olgan "Roma" hamda "Yuventus" jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
Musobaqaga chempion sifatida tashrif buyurgan turinliklar shu kuni "bo‘rilar"ga hech qanday qarshilik ko‘rsata olishmadi. Dastlab "Yuve" futbolchisi Lemina (20) hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik De Rossi (24), El-Shaaravi (56) va Nainggolanlar (65) raqib darvohasini ishg‘ol etishib, "Roma"ga g‘alaba keltirishdi. Yakuni hisob 3:1
Rim, stadion «Olimpiko».
«Roma» - «Yuventus» - 3:1 (1:1)
Gollar: de Rossi 24, El-Shaaravi 56, Nainggolan 65 — Lemina 20.
«Roma»: Щesny, Manolas, Emerson, Ryudiger, Fasio, Perotti (Grene 70), Salax (Totti 90+3), Nainggolan (Jezus 78), de Rossi, El-Shaaravi, Paredes.
Bosh murabbiy: Luchano Spalletti.
«Yuventus»: Buffon, Benatiya, Bonuchchi, Lixtshtayner (Dani Alves 64), Lemina, Asamoa, Sturaro (Dibala 69), Pyanich, Kuadrado (Markizio 77), Manjukich, Iguain.
Bosh murabbiy: Massimiliano Allegri.
Ogohlantirishlar: Fasio 46, de Rossi 50, Paredes 60, Benatiya 89, Iguain 90+2.
Bosh hakam: Luka Banti.
Fikrlar