A Seriya grandlari "Chelsi" himoyachisi uchun kurash boshlashdi

  • 24 dekabr, 2018, 09:08
  • 0
  • Futbol

"Inter" va "Roma" klublari "Chelsi" himoyachisi Gari Keyxill uchun kurashga qo‘shilishdi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra A Seriya grandlari 33 yoshli angliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishga urunib ko‘rishadi. O‘z navbatida Keyxill “aristokratlar” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab jamoasini almashtirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Keyxill joriy mavsum “Chelsi” safida bor yo‘g‘i 7ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. Uning londonliklar bilan shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!