AIBA versiyasi bo‘yicha yilning eng yaxshilari bilan tanishing

  • 21.12.2016 19:20
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, kecha Shveytsariyaning Montre shahrida Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi (AIBA)ning 70 yillik yubileyi va yil yakunlari bo‘lib o‘tdi. Unda bir necha nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilari aniqlandi va taqdirlandi.

AIBA

Mazkur marosimning faxriy mehmonlari sifatida jahon boksi rivojiga o‘z hissalarini qo‘shgan va o‘z nomini qoldirgan mashhur sportchilar ukrainalik Vladimir Klichko, hindistonlik Meri Kom, kubalik Feliks Savon va frantsiyalik Braxim Aslum tashrif buyurdi.

70 yildan ko‘proq faoliyatim davomida Milliy Federatsiyalar tashkil etildi hamda dunyo bo‘ylab bokschilar uchun juda ko‘p qulayliklar yaratilishi natijasida kuchli sportchilar dunyo yuzini ko‘rdi. Bu natijalarga erishishda o‘zining yordamini ayamagan fidoyilarni eslamasdan iloji yo‘q, albatta. Shu qatori ularning davomchilari ham boks bo‘yicha dunyo yulduzlari etishib chiqishiga munosib hissa qo‘shmoqda. 2020 yil Tokyoda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ham ijobiy natijalarga erishga ishonaman, – deydi AIBA prezidenti Ching-Kuo Vu.

Wladimir Klitschko and Hasanboy Dusmatov
Hasanboy Do‘smatov 1996 yilgi Olimpiada chempioni Vladimir Klichko bilan

– AIBAning boks afsonalari uchun beriladigan sovrini birinchilardan bo‘lib olganim men uchun ulkan sharafdir. Mening AIBA bilan safarim 14 yoshligimda boshlangan edi va shundan beri boks men uchun ko‘plab samimiy taasurotlarni baxshida etdi. AIBAning faoliyati davomidagi eng ulkan bayram deya qayd etsa bo‘ladigan, 70 yillik bayrami hamda dunyo bo‘ylab boksni rivojlantirishdagi erishgan ulkan natijalari bilan qutlayman, – deydi boks afsonasi Klichko.

Shuningdek, bu erda yig‘ilganlar boks tarixida yorqin iz qoldirgan va “boks qiroli” sifatida e’tirof etilgan amerikalik bokschi Muxammed Ali xotirlandi.

Shundan so‘ng ortda qolayotgan yil bo‘yicha eng yaxshilar taqdirlandi.

Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – yilning eng yaxshi bokschisi;

Nikola Adams (Buyuk Britaniya) – yilning eng ayol bokschisi;

Billi Uolsh (AQSh) – yilning eng yaxshi murabbiyi;

Cuba Domadores” (WSB chempioni) – yilning eng yaxshi jamoasi;

Vakas Krishan (Hindiston) – APB bo‘yicha yilning eng yaxshi bokschisi.

Devid Morrell (Kuba, jahon chempioni 2016) – yilning eng yaxshi yosh bokschisi;

Xelmut Rantse – yilning eng yaxshi supervayzeri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!