APL. «Liverpul» kutilmaganda chempionat «autsayderi» «Suonsi»ga yutkazib qo‘ydi

  • 21 yanvar, 2017, 20:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun Angliya premer ligasining 22-tur bahslariga start berildi. Turning dastlabki uchrashuvida maydonga tushgan “Liverpul” klubi kutilmaganda chempionat “autsayderi” “Suonsi”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

“Gollar shousi”ga aylanib ketgan “Enfild”dagi bahsda jamoalar jami beshta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yinning dastlabki bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsada, ikkinchi bo‘lim avvalida “Suonsi” vakili Lorente tomonidan kiritilgan ikki golga “Liverpul” futbolchisi Firmino ikki aniq zarba bilan javob qaytardi. Biroq islandiyalik hujumchi Sigurdssonning 74 daqiqadagi goli “Suonsi”ga g‘alaba olib keldi.

Liverpul – Suonsi 2 – 3 (0 – 0)

Gollar: Firmino 55, 69 – Lorente 48, 52, Sigurdsson 74

Liverpul: Minole, Klavan, Lovren, Klayn, Koutino (Starrij 57), Veynaldum (Matip 90), Lallana, Jan (Origi 70), Firmino, Xenderson, Milner.

Suonsi: Fabianski, Fernandes, Olsson (Ranxel 79), Noton, Mouson, Kork, Kerroll, Rautlej, Fer (Fulton 79), Sigurdsson, Lorente (Baston 85).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!