APL. Sanchesning dubli "Arsenal"ga "Sanderlend" ustidan muhim g‘alabani keltirdi

  • 17 may, 2017, 02:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz muqaddam Angliya premer-ligasining 34-tur qoldirilgan bahsidan yana biri o‘z nihoyasiga etdi. Hususan, "Arsenal" o‘z maydonida allaqachon APLni tark etishi ma’lum bo‘lib ulgurgan "Sanderlend" jamoasini qabul qildi.

Tecno

Kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash olib borayotgan Arsen Venger shogirdlari shu kuni mehmonlarni ayab o‘tirishmadi. Aleksis Sanchesning kiritgan ikkita javobsiz goli yakunda "to‘pchilar"ga muhim g‘alabani taqdim etdi.

London, «Emireyts» stadioni

«Arsenal» - «Sanderlend» - 2:0 (0:0)

Gollar: Sanches 72, Sanches 81.

«Arsenal»: Chex, Monreal, Gibbs (Ayvobi 69), Mustafi, Belerin, Xolding, Ozil, Remzi (Uelbek 68), Jaka, Sanches, Jiru (Uolkott 85).

Bosh murabbiy: Arsen Venger.

«Sanderlend»: Pikford, O`Shi, Ovedo, Kone, Jons, Mankilo (Yanuzay 82), Larsson, Kattermoul (Guch 77), Ndong (Gibson 88), Defo, Borini.

Bosh murabbiy: Devid Moyes.

Ogohlantirishlar: Belerin 22, Monreal 54, Ozil 55, O`Shi 56, Kattermoul 74, Mustafi 90+2. 

Bosh hakam: Ist.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!